Мақолалар

FARZAND – HAM MEHR, HAM NE’MAT

Farzand Olloh taolo bergan eng ulug` va bemisl ne’mat.

Bilol ibn Ka’b al Akkiydan rivoyat qilinadi: Men, Ibrohim ibn Adham, Abdulaziz bin Qurayr va Muso ibn Yasor, Yahyo ibn Hasson al Bakriy  Al-Falastiniy qishlog`ida ziyorat qildik. Bas u bizga taom keltirdi. Muso yemadi. U ro`zador edi. Bas Yahyo: “ Mana shu masjidda bani Kan’onlik, Nabiy s.a.v.ning sahobalaridan bo`lgan bir kishi bizga imomlik qildi. Uning kunyasi Abu Qarsofa edi. U bir kuni ro`za tutar, bir kuni tutmas edi. Otam o`g`il ko`rib u ro`za tutadigan kuni ziyofat uyushtirdi. U ro`zasini ochdi”- dedi.

Shunda Ibrohim turib uni kiyimi ila to`sdi. Bas, Muso og`zini ochdi. U ro`zador edi.

 Abu Abdulloh aytdi. Abu Qarsofa ismi Jundora ibn Jayshona.

Ro`zador kishining mehmondorchilikda ro`zasini buzmay o`tirganini ko`rgan mezbon o`z hayotlarida uchragan voqeani – qirq yil masjidga imom bo`lgan ulug` sahobaning farzand tug`ilganligi munosabati bilan o`tkazilayotgan xursandchilikka tashrif buyurib, nafl ro`zasini ochganligini aytib beribdilar. Bundan farzand tug`ilgani munosabati ila ziyofat qilish va unga kishilarni da’vat qilish cahobalar orasida ham ma`lum va maqbul marosim bo`lganini bilib olamiz. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh s.a.v. “Qachon sizdan biringiz taomga da’vat qilinsa-yu, u ro`zador bo`lsa, “men ro`zadorman” deb aytsin”- dedilar. Boshqa rivoyatda: “Qachonki biringiz da’vat qilinsa ijobat qilinsin”. Bas agar og`zi ochiq bo`lsa taomlansin. Agar ro`zador bo`lsa, namoz o`qisin”, – deyilgan. Beshovlaridan Buxoriy rivoyat qilmagan.

Ushbu hadislarda nafl ro`za haqida gap ketayotganini aytib qo`yganimiz ma’qul. O`quvchiga farz, qazo yoki nazr bo`lgan ro`zalar buzilmasligini aytgan holda, sahobalarimiz aqiqa hurmatiga hatto nafl ro`zasini ochib, musulmonning xursandligiga sherik bo`lganini aytmoqchimiz.

 Farzandlarimizga tavallud munosabati bilan Xurso marosimi o`tkaziladi. Qulog`iga azon aytilib tanglayi ko`tariladi. Ismi qo`yiladi, cho`miltirilib, yetti kunligidan boshlab aqiqa marosimi o`tkaziladi. Ota-ona shu o`rinda bog`chaga, maktabga, bilim yurtlariga ta’lim uchun, tarbiya uchun berishida ham biror minnatsiz, xolis bajaradi.  Voyaga yetsa kelin tushirish, Valima – nikoh to`ylari o`tkaziladi.

Hazrat Navoiyning “Hayrat ul abror” asaridan bir rivoyatni keltiraylik: rivoyat qilishlaricha Bahoviddin Naqshbandning o`rinbosari Muhammad Porso o`g`li Hoja Abu Nasr bilan hajga boradilar. Makka-I Mukarramada tumonat xaloyiq duo qilishni aynan ana shu ulug` Naqshbandiy avliyodan iltimos qiladi. Lekin Muhammad Porso Makkada duo qilishdek o`ta sharafli ishni o`g`illariga yuklaydilar. Hamma hayron.: Xo`sh, nega axir? Chunki, deydilar ulug` pir, men hajga rahbarsiz – o`zim yo`l izlab, mashaqqat bilan yo`l topib, adashib-netib yetib keldim. Menda safar mobaynida adashib ketmaslik xavotiri bor edi. Maqsad haqqa yetish bo`lsa ham, xayolimning bir chekkasida doim yo`l izlash bilan band edim. O`g`li mesa hajga piri, ya’ni, men bilan keldi. Uning yo`l xavfi xataridan mutlaqo xotiri yo`q edi. Shuning uchun u o`zini batamom haqqa berdi. Ya’ni u safar jarayonida ham ruhan haqqa yetish bilan mashg`ul bo`laverdi. Shuning uchun ham uning duosi ko`proq ijobat bo`lsa kerak, deb o`ylayman, dedi ota. Ota-ku duo qilisshni o`g`liga topshirdi, xo`sh o`g`il nima qildi, dersiz? Albatta, amri padar vojib, o`g`il yig`lay-yig`lay duo uchun qo`l ochdi. Shuncha xaloyiq hojilar nomidan, ulug`-ulug` munojotlar aydi. Duo qilib bo`lingach ota yig`i  aralash: Ilohi omin…, dedi. Shunda o`g`li ham ota tarbiyasini olganligini, shunday ulug` otaga loyiq farzand ekanligini el oldida namoyon etdi. O`g`il so`nggi bor yana duoga qo`l ochib: agar men duoni eplay olmagan bo`lsam, hech bo`lmaganda otajonimning ominlarini ijobat qilib inobatga olarsan. Ey Olloh, dedi.

Ana bizning bobolarimizning ota va o`g`il, ona va qiz munosabatlari. Ming bor tahsinga loyiq.       

Maqolamizning boshida go`dakka hurmatni sahobalarimizda ko`rdik. Norasidaga sut davrida berilgan mehr, hurmat rasad yoshida qaytsa naqadar hikmat bo`lar edi. Hurmatli o`quvchi, qissadan hissa sizga havola. Zero yerda bir hayvon-qurt mavjud-ki, u zulmatda, yer qa’rida yashaydi, ko`zi ham qulog`i ham yo`q. Ollohda ozligi tufayli uni ko`z-quloqsiz qoldirgani yo`q. Aslida u bularga muhtoj emas. Unga bular ehtiyojiga qarab berildi… .

“Mulla To`raxon” jome’ masjidi imom-noibi
Shuhrat Ziyoyev.
manba’lar asosida tayyorladi

Теглар
Back to top button
WP2Social Auto Publish Powered By : XYZScripts.com

Adblock​ аниқланди

Илтимос, реклама блокерингизни ўчириш орқали бизни қўллаб-қувватланг