Янгиликлар
O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?
Konstitutsiya kuni 8 dekabr yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni dushanba, 9 dekabr kuniga ko‘chiriladi.
O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan haftada besh kun ishlaydiganlar ketma-ket uch kun, olti kun ishlaydiganlar ikki kun dam oladi.
Qonunchilikka ko‘ra, joriy yil 8 dekabr — Konstitutsiya kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2024 yil 9 dekabr — dushanba kuniga ko‘chiriladi.
Shu tariqa:
- 7 dekabr, shanba — haftada besh kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni;
- 8 dekabr, yakshanba — Konstitutsiya kuni;
- 9 dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.