«Xalqaro bezori». Trampga yangi ta`rif berildi
Malayziya sobiq bosh vaziri AQSh prezidenti Donald Trampni «xalqaro bezori» va «badkor» deb atadi. Bu uning AQShning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan al-Qudsga ko’chirish bo’yicha qabul qilgan qarori tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
«Bugun biz xalqaro bezorini ko’rmoqdamiz. Tramp, o’zingga o’xshash kimnidir topishga harakat qilib ko’r. Al-Quds bo’yicha bu qaror faqat musulmonlar qahr-g’azabiga sabab bo’lmoqda. Biz bu badkorga, AQSh prezidentiga qarshi kurashish uchun o’z hokimiyatimizdan foydalanishimiz lozim», – deya aytib o’tdi 93 yoshli Maxatxir Muhammad.
Bundan tashqari, sobiq siyosatchi barcha musulmon mamlakatlarni Isroil bilan aloqalarni uzishga chaqirdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy arab davlatlarini Isroilga qarshi turish maqsadida birlashishga chaqirgandi.
kun.uz