Аёллар саҳифасиЯнгиликлар

“ХАДИЧАИ КУБРО” АЁЛ-ҚИЗЛАР ЎРТА МАХСУС ИСЛОМ ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДА ҚУРЪОН МУСОБАҚАСИ БЎЛИБ ЎТДИ

#Янгиликлар

Joriy yilning 20-aprel kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Qur’on musobaqasi – 2024” bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaga Toshkent Islom instituti “Tahfizul Qur’on” kafedrasi Qur’oni Karim va tajvid fani o‘qituvchilari Islomxon qori Ubaydullayev, Valixon qori Azimboyev, Zafar qori Mahmudov, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri Abduhakim qori Matqulov, bilim yurti o‘qituvchisi Avazbek qori Davlatov hamda yurtimizda ayollar ilmi va  saviyasini oshirishda yetakchilik qilib kelayotgan fazilatli ustoz Odinaxon Muhammad Sodiq tashrif buyurdilar.

📖 Tadbir 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi:

1. Murattaba yo‘nalishi (30 pora);
2. Hifz yo‘nalishi (15 pora);
3. Tilovat yo‘nalishi.

📖 “Murattaba” yo‘nalishi bo‘yicha:

1️⃣-o‘ringa Abdullayeva Zilola 2-kurs talabasi
2️⃣-o‘ringa Abdurasulova Rahnamo 3-kurs talabasi
3️⃣-o‘ringa Abduqahhorova Sharifa 3-kurs talabasi  munosib deb topildilar.

📖 “15 poralik hifz” yo‘nalishi bo‘yicha:

1⃣- o‘ringa O‘rinboyeva Farangiz 1-kurs talabasi
2⃣-o‘ringa Ahmadova Barno 2-kurs talabasi
3⃣-o‘ringa Boytursunova Robiya 3-kurs talabasi munosib deb topildilar.

📖 “Tilovat” yo’nalishi bo‘yicha:

1⃣- o‘ringa Bahodirova Malika 1-kurs talabasi
2⃣- o‘ringa Turdaliyeva Shahzoda 1-kurs talabasi
3⃣- o‘ringa Turg‘unboyeva Muqaddas 2-kurs talabasi munosib deb topildilar.

Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan shunday farzand tarbiyalaganlari sababidan musobaqa ishtirokchilarining ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi. ✉️💐

📖 Shundan so‘ng “Ramazon oyida “Xatmul Qur’on” bo‘yicha peshqadam talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.⭐️

✉️Tadbir so‘ngida ta’lim muassasa ma’muriyati tomonidan qimmatli vaqtlarini ayamasdan tashrif buyurgan faxriy ustozlarimizga tashakkurnomalar topshirildi.⭐️

✉️Tadbir ta’lim muassasasi talabalari tomonidan qilingan xatmlarning duolari bilan muassasa haqqiga duoi xayrlar qilingan holda ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Ta’lim muassasasi matbuot xizmati

Telegram: https://t.me/xadichauz

Теглар
Кўпроқ кўрсатиш
Back to top button
WP2Social Auto Publish Powered By : XYZScripts.com

Adblock​ аниқланди

Илтимос, реклама блокерингизни ўчириш орқали бизни қўллаб-қувватланг