МақолаларЯнгиликлар

RAMAZON TUHFASI

Qur’oni Karim qiroatining videotasmaga yozilgan taqdimoti

Ertaga, 29 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan tayyorlangan Shayx Alijon qori qiroati asosida Qur’oni karim tilovatining videotasmaga yozilgan loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Taqdimotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li ishtirok etadilar.

Bir qancha vaqt oldin Shayx Alijon qori tomonidan Qur’oni karim qiroatini videotasmaga yozish ishi boshlangan edi. Shu kunlarda 30 pora Qur’oni karimni o‘z ichiga olgan bu xayrli ish nihoyasiga yetib, xalqimiz tarixida ilk marta ommaga taqdim qilinmoqda. Ushbu yangi loyiha – Shayx Alijon qorining Qur’on ta’limi va xizmatida kechgan 30 yillik mehnatlarining samarasidir.

Shayx Alijon qori qiroati asosida videotasmaga yozilgan Qur’oni karim tilovati o‘ziga xos uslubda amalga oshirilgan bo‘lib, videotasmada qiroat qilingan har bir oyatning arabcha matni ham tilovatga hamohang ravishda berib borilgan. Bu ish nafaqat O‘zbekiston va Misr diyori, balki butun dunyo bo‘yicha ilk marta amalga oshirilmoqda.

Ushbu taqdimot ertaga, 29 mart kuni soat 14:00 dan boshlab, “Muslimuz” va “AlQuranuz” kanallarining ijtimoiy tarmoqlarida onlayn tarzda efirga uzatiladi.

Alloh Qur’on yo‘lida qilingan bu xizmatlarni xolis qabul qilib, barchamiz uchun manfaatli qilsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Теглар
Back to top button
WP2Social Auto Publish Powered By : XYZScripts.com

Adblock​ аниқланди

Илтимос, реклама блокерингизни ўчириш орқали бизни қўллаб-қувватланг